Eng zo‘r himoyachi MYuni tanladi

  • 27 mart, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Torres “Vilyarreal” bilan xayrlashib, faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishni istamoqda.

Bir necha grand klublar nishonida turgan futbolchining o‘zi “Manchester Yunayted” safiga qo‘shilishga qaror qilgan. O‘z navbatida, manchesterliklar ham Pau Torresni anchadan beri transfer qilish harakatida.

Sulsherning rejasiga ko‘ra, Pau Torres himoya markazida Harri Maguayr bilan ajoyib tandem hosilishi kerak va har qanday hujumchi ham bu himoyachilardan o‘tishga qiynaladi.

Pau Torresning shartnomasi transfer summasi 60 million evro qilib belgilangan. Bu bitim 2024 yilning yarmigacha davom etsa-da, manchesterliklar yozda futbolchini sotib olishi kutilmoqda.

Pau Torres joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!