Eng zo‘r himoyachi o‘ziga o‘xshagan shogird tayyorladi

  • 30 noyabr, 2020, 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya futbolida himoya etaloniga aylangan Vensan Kompanining o‘rnini bosa oladigan futbolchi topilmayotgan edi. Belgiyada o‘yin uslubi Kompaninikiga juda yaqin bo‘lgan yangi yulduz paydo bo‘ldi.

“Anderlext” himoyachisi Marko Kanani o‘yin uslubi tufayli “yangi Kompani” deb atashadi. U yaqin orada Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

18 yoshli futbolchiga “Liverpul” xaridor bo‘lmoqda. Marko Kana yosh bo‘lishiga qaramay, ikki mavsumdan beri Belgiya grandi sharafini himoya qilmoqda. U shu kunga qadar yigirmata uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga ham erishdi.

Kananing o‘zi ham maqsadi kuchli jamoalarda o‘ynash ekani va ayni paytda barcha jabhalarda ilg‘or hisoblangan “Liverpul”ga o‘tishga tayyor ekanini bildirdi.

Marko Kana ayni paytda “Anderlext”ni boshqarayotgan Vensan Kompanining eng iste’dodli shogirdlaridan hisoblanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!