Engil atletika bo‘yicha U20 jahon chempionati birinchi kuni ortda qoldi

CHERY AUTO

Peruda engil atletika bo‘yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatining dastlabki kuni ortda qoldi. Ma’lum qilganimizdek, unda hamyurtimiz Dilshoda Usmonova 3000 metrga stipl-chez yugurish dasturida saralash bahsini o‘tkazdi.

2-guruhda ishtirok etgan Usmonova 10:26.94 daqiqa bilan mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Afsuski, Usmonova bu ko‘rsatkich bilan to‘qqizinchi bo‘ldi va unga final dasturiga yo‘llanma olish uchun 1 pog‘ona etmay qoldi.

Bugun atletlarimizdan Jonbibi Hukmova 400 metrga yugurish, Sharifa Davronova hamda Xushnoza Shavkatova uch hatlab sakrash dasturida final yo‘llanmasi uchun startga chiqishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!