
Engil atletika. Terma jamoamiz a’zolari Toshkentdagi xalqaro xotira turnirida 40 ta medal qo‘lga kiritdi
Xabar berganimizdek, kecha Toshkentdagi engil atletika markazida G.Arzumanov xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 13 ta davlatdan 194 nafar sportchi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 12 ta oltin, 11 ta kumush va 17 ta bronza, jami 40 ta medal qo‘lga kiritdi.
Kutilganidek, bellashuvlarda Shohruh Davlatov, Elina Silyameva, Sharifa Davronova, Suhrob Xodjaev, Ivan Denisov kabi atletlarimiz yuqori natija qayd etishdi.
Quyida medallarga sazovor bo‘lgan terma jamoamiz a’zolari bilan tanishib olishingiz mumkin:
Oltin medal:
Abbos Toshtemirov (400 metr)
Jonbibi Hukmova (800 metr)
Shohruh Davlatov (10 000 metr)
Ergash Normurodov (110 metr, to‘siqlar osha)
Lidiya Podtsepkina (100 metr, to‘siqlar osha)
Azizjon Sobirov (uzunlikka sakrash)
Ivan Denisov (uch hatlab sakrash)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Amir Nagaev (balandlikka sakrash)
Aleksandra Sharkaeva (balandlikka sakrash)
Suhrob Xodjaev (bosqon uloqtirish)
Elina Silyameva (bosqon uloqtirish)
Kumush medal:
Laylo Allaberganova (200 metr)
Akromjon Aliev (400 metr)
Irina Levina (800 metr)
Hasan Mirsoatov (1500 metr)
Ekaterina Tunguskova (5000 metr)
Dilshoda Usmonova (3000 metr, stipl-chez)
Roksana Xudoyorova (uch hatlab sakrash)
Vadim Chikalov (balandlikka sakrash)
Barnoxon Sayfullaeva (balandlikka sakrash)
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish)
Bronza medal:
Veronika Loginova (200 metr)
Dilshodbek Boboqulov (400 metr)
Darya Antropova (800 metr)
Viktor Surenko (1500 metr)
Bekzod Boymatov (10 000 metr)
Shohsanam Xurramova (5000 metr)
Mardonbek Sotiboldiev (110 metr, to‘siqlar osha)
Nurxon Ochilova (100 metr, to‘siqlar osha)
Nodir Norboev (uzunlikka sakrash)
Ibrohim Mahkamov (uch hatlab sakrash)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash)
Doston Rajabov (yadro uloqtirish)
Madina Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Rashidbek Sodiqov (disk uloqtirish)
Umidjon Husanov (bosqon uloqtirish)
Darya Matveenko (bosqon uloqtirish)
Qayd etish joiz, mazkur turnirda atletlar Parij-2024 normativlarini bajargan taqdirda Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Fikrlar