Engil atletika. Toshkentda Parij Olimpiadasiga litsenziya beruvchi xalqaro xotira turniri start oldi

CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizda engil atletika bo‘yicha G.Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Tecno

Ushbu musobaqada 13 davlatdan 194 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Hozirgacha yakunlangan bahslarda hamyurtlarimiz orasida Shohruh Davlatov 10 000 metrga yugurish, Ivan Denisov uch hatlab sakrash dasturlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, mazkur turnirda atletlar Parij-2024 normativlarini bajargan taqdirda Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Kun davomida Sharifa Davronova, Suhrob Xodjaev, Svetlana Radzivil kabi taniqli sportchilarimiz ham startga chiqishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!