
Engil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini 2 ta medal bilan yakunlashdi
Janubiy Koreyaning Mokpxo shahrida engil atletikaning uloqtirish turlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari esa musobaqadagi ishtiroklarini 2 ta medal bilan yakunladi.
Yurtdoshlarimiz murosasiz bahslarda 1 tadan kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Kumush medalga bosqon uloqtirish sektorida Zarina Nosirjonova egalik qilgan bo‘lsa, yadro uloqtirishda Malika Nasriddinova bronza medali sohibiga aylandi.
Kumush medal:
Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish, 64,54 metr)
Bronza medal:
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish, 17,06 metr)
Afsuski, qit’a birinchiligida qatnashgan qolgan yurtdoshlarimizning natijasi medallar uchun etarli bo‘lmadi.
Fikrlar