
Enrike: "Biz bugun "Liverpul"dan ustun edik"
PSJ o‘z maydonida "Liverpul"ga mag‘lub bo‘ldi. Ammo maydonda parijliklar yaxshiroq harakat qilishgandi. Mehmonlar darvoza tomon bitta aniq zarba berib, g‘alaba golini urib ketishdi. Frantsiya klubi esa 10 marta aniq zarba bilan gol ura olmadi. Uchrashuvdan keyin PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz vaziyatlar bo‘yicha "Liverpul"dan ustun edik, ko‘proq hujumlar va nazoratni qo‘lga oldik. Bugun qanday o‘ynagan bo‘lsak, "Enfild"da ham shunday o‘yin ko‘rsatamiz. Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q".
Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis mag‘lubiyat sabablariga ham to‘xtalib o‘tdi:
"Hech qanday mayda detallar yo‘q. Alisson juda yaxshi o‘ynadi. 5 ta ajoyib seyf. Atyganimdek yo‘qotadigan narsamiz yo‘q. Bu bizni yanada xavfliroq qiladi. Keyingi bosqichga chiqamizmi yo‘qmi bilmayman, lekin buning uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz", - dedi Enrike.
PSJ ayni paytda Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga aylanib olgan. Jamoa ketma-ket 10 ta bahsda g‘alaba qozonib kelayotgandi.
Fikrlar