Enrike: “Biz haqiqiy jamoa ekanligimizni namoyish etdik, bu hali boshlanishi”

  • 12 mart, 12:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike “Liverpul” ustidan erishilgan muhim g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, bo‘lib o‘tgan uchrashuv va raqib jamoa haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Men juda xursandman, biz haqiqiy jamoa ekanligimizni isbotladik. Bugun biz muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlashi ostida juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Shu bois, ajoyib jamoam bilan faxrlanaman. Bu hali boshlanishi! Biz yanada kuchayishga intilamiz. 

Headcoach of Paris Saint Germain Luis ENRIQUE and Willian PACHO of Paris Saint Germain during the UEFA Champions League match between Liverpool and...

Bu juda qiyin o‘yin bo‘ldi, chunki "Liverpul" – juda kuchli jamoa. To‘pni nazorat qilish oson bo‘lmadi. Lekin bizning mentalitetimiz, xarakterimiz va, ayniqsa, Donnarumma tufayli biz g‘alabaga erishdik. 

Endi tiklanish va g‘alabani nishonlash haqida o‘ylashimiz kerak. Biz har qanday stadion va muhitda futbol o‘ynashni yaxshi ko‘rishimizni ko‘rsatdik" – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis. 

Luis Enrique, Manager of Paris Saint-Germain during the UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 Second Leg match between Liverpool FC and Paris...
 
Ma’lumot o‘rnida, parijliklar kechagi muvaffaqiyatdan so‘ng chorak finalda “Aston Villa” yoki “Bryugge” bilan to‘qnash keladi. Agarda yarim final bosqichiga ham yo‘l oladigan bo‘lsa, Madridning ikki klubi yoki Londonning “Arsenal” klubi bilan kuch sinashishi mumkin.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!