
Enrike: "Bu "Real"ni tahlil qilish qiyin"
Bugun, 9 iyul kuni PSJ va "Real Madrid" klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida uchrashadi.
Luis Enrike bugun tunda bo‘ladigan yarimfinal baxsi oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu "Real"ni tahlil qilish qiyin. Taktik jihatdan bu yangi jamoa va shu bois qiyinchiliklar tug‘diradi. Biroq ularning individual kuchli futbolchilari borligini hamma biladi. Menimcha, Xabi Alonso ajoyib jamoa shakllantirishni istayapti.
Bu alohida o‘yin. "Real"ga qarshi o‘ynash bu turnirda yaxshi borayotganimizni anglatadi. Qiziqarli bo‘ladi. Biz juda ruhlangan holda maydonga chiqamiz.
Ashraf Hakimi - shubhasiz, men murabbiylik qilgan eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri. Chap qanotdagi Nunu Mendesh ham jahon darajasidagi o‘yin namoyish etmoqda," - deydi parijliklar ustozi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar