
Entoni Joshua hamda Endi Ruis o‘rtasidagi revansh jangi borasida boks muxlislarining fikri qanday?
Ma’lumki, 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida Entoni Joshua hamda Endi Ruis o‘rtasidagi revansh jangi bo‘lib o‘tadi. Xabaringiz bor, birinchi to‘qnashuvda meksikalik bokschi sensatsion tarzda Joshuani mag‘lub etgandi. Bu jang haqida butunjahon bo‘ylab turli xil fikrlar bildirilmoqda. Aksariyati britaniyalik charmqo‘lqop ustasini g‘alabasiga ishonishmoqda. Umuman olganda mamlakatimizda ham professional boks ixlosmandlari ko‘plab topiladi. Shu nuqtai nazardan biz ham mazkur sport turiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz o‘rtasida, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali o‘ziga hos so‘rovnoma o‘tkazdik.
Jalol Ahmedov (Forish)- Jizzax davlat pedagogika instituti 4- bosqich talabasi
- 7 dekabrda butun dunyo kutayotgan ajoyib va mubolag‘a bo‘lmasa hal qiluvchi jangni guvohi bo‘lamiz. Ular o‘rtasidagi dastlabki jangda Ruis g‘alaba qozongan bo‘lsada, revanshda uning imkoniyatlarini yuqori baholamayman. Birinchi to‘qnashuvda Joshua negadir o‘ziga o‘xshamadi. Unga AQShda birinchi jangini o‘tkazayotganligi va muhit tasir qildi nazarimda. Qolaversa, jangdan oldin u 100 % g‘alaba qozonishini his qilgan shekilli, raqibning kuchiga past nazar bilan qaradi. Ruis esa aksincha hech qanday bosimsiz harakat qilgani ruxiy taraflama qo‘l kelgandi. 2- jangda Joshua xatosidan hulosa chiqarib, jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rgan deb o‘ylayman. Xullas, Joshua nokaut bilan g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqdaman.
Mirabbos Mirzahalilov – Farg‘ona viloyati Quva tumani, o‘qituvchi
Joshua vs Ruis o‘rtasidagi revansh jangida imkoniyatlarni 85/15 deb baholagan bo‘lardim. Ya’ni, Joshua g‘alaba qozonadi. Buning uchun uning texnika va iqtidori etarli... Birinchi jangdagi mag‘lubiyat tasodif ekanligini ham isbotlaydi.
Sardor Sunnatov – Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani
Butun dunyo boks muxlislari sabrsizlik bilan kutyotgan, Joshua vs Ruis revansh jangi avvalida barcha turli xil fikr bildirmoqda. Dastlabki to‘qnashuv haqida gapiradigan bo‘lsak, britaniyalik bokschi taktik jihatidan katta xatoga yo‘l qo‘ydi. “Snikers qiroli” esa bundan unumli foydalanib, deyarli uddalab bo‘lmaydigandek taassurot uyg‘otgan ishni a’lo darajada uddaladi. Endi, Joshuaning xato qilishiga xaqqi yo‘q. U xatolardan katta xulosa chiqarib olgan bo‘lsa kerak.
Agar, bu safar ham mag‘lubiyatga uchrasa, keyin uning faoliyatiga katta ta’sir qilishi mumkin. Joshuani xatosi Ruisni masofada ushlamaganligida bo‘ldi. Qo‘llari kalta lekin juda tez va zarbasi kuchli Ruisga qarshi yaqin masofada imkoniyatlari keskin tushib ketishini guvohi bo‘ldik. Britan bokschisi Ruisni Klichkoni mag‘lub etgan uslubi ya’ni, masofada “jeb”lar orqali ushlab tursa, ochkolar hisobiga ko‘ra yoki 6- raunddan keyin jismoniy holat bosh rolga chiqqanda aniq bir zarba bilan o‘z foydasiga xal qilishi mumkin.
“Snikers qiroli” bokschilar vatani bo‘lmish Meksikaning og‘ir vazndagi birinchi chempioni... Unga shunchaki gap yo‘q! Uddalash qiyin bo‘lgan ishni bajardi. Endi esa, hali xam bu muvaffaqiyatni tasodifga yo‘ygan boks ahliga yana bir bor isbotlashi kerak bo‘lgan voqeylik qoldi. Xozir bu uning qo‘lida... Keyin esa boshqa bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin.
Buni yaxshi his qilgan Ruis yana vazn tashladi va revansh jangida yanada tezroq bo‘lishini aytdi. Meksikalik bokschi tezlik, oyoq xarakatlari va yaqin masofa asosiy quroli ekanligini yaxshi biladi. Og‘ir vazn toifasida bitta zarba hal qiluvchi bo‘lishini bilamiz va buni ko‘rdik. Kimsan, Joshua ham bu zarba oldida ojiz qoldi. Ruis buni bizdan xam yaxshi biladi. U yana bir bor, Joshuani mag‘lub eta olsa, butun boks ommasi uni oldida shlyapasini echadi.
Aslida, men bu ikki bokschiga ham muxlislik qilmayman. Lekin har ikkisi ham xurmatga loyiq. Biz boks shinavandalariga chiroyli janglar tashkillashtirilsa, faqat xursand bo‘lamiz. So‘ngi so‘z o‘rnida shuni aytishim mumkinki, bu vazn toifasida taxminlar o‘zini oqlamasligini birinchi jangda guvohiga aylandik. Shunday bo‘lsada, bu safar Joshua xatoga yo‘l qo‘ymasa kerak.
Shuhrat Ikromov- Farg‘ona viloyati, tadbirkor
Joshua Ruis jangiga to‘xtalsak hamma har hil fikrda,bu haqida ko‘p munozara bo‘lmoqda!
Man Joshuani Juda kuchli deb hisoblamayman. Lekin Ruisdan mag‘lubiyat qabul qilib oladigan darajada kuchsiz ham emas!
Meni aniq ayta oladigan fikrim Joshua bu safar meksikalik bokschiga umuman imkoniyat qoldirmaydi!
Birinchi jang....?
Ishoning bokschilar ham ko‘proq pul topgisi keladi ayniqsa "ilonni yog‘ini yalagan" Eddi Xirnni ishonganlaridan bo‘lsa !?
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring birgina Joshuani mag‘lubiyati, qanchalik revanshga qiziqish uyg‘otmoqda va bu jang uchun Joshuaning gonarari 85 million dollar... Bu hazil summa emas. Ayni vaqtdagi eng mashxurlarning gonorarlaridan ham 2 barobar ko‘p degani!
Yana bir gap Ruis bilan jangdan avval AQShning yarmidan ko‘pi tanimasdi Joshuani...
Konor MakGregor nikli boks muxlisi – Andijon viloyati, Asaka shahri
Bu safar buyuk britaniyalik Entoni Joshua g‘alaba qozonadi. U beshinchi raundda nokautga uchratadi.
Umid Anvarov – Samarqand, tadbirkor
Meni fikrim buyicha bu jang Entoni Joshua foydasiga xal buladi. Bu safar Joshua extiyotkor jang o‘tkazadi va albatta o‘z kamarlarini kaytarib oladi.
Qo‘shimcha qilsam, Deontey Uaylder Luis Ortis va Tayson Fyurilar bilan o‘tadigan revansh janglaridan so‘ng, Entoni Joshua va Deontey Uaylder to‘qnashuvi tashkil etilsa kerak. Albatta, bu jang 2020 yil so‘ngida tashkil etilishi mumkin.
Sanjar Musratullaev – Sirdaryo, havaskor bokschi
Joshua uchun Ruis nokulay raqibligicha qoladi. Lekin revansh jangida Joshua qisman favorit deb o‘ylayman. Chunki taktik va ruhiy jihatidan yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Faqat u jismoniy taraflama charchab qolmasa bo‘lgani. Ruis his qilib turibdiki, bu uning faoliyatidagi eng muhim jang... Shuning uchun, u ham ajoyib tayyorgarlik ko‘rdi. Uning britaniyalik uchun nokulay jihati yaqin masofada ajoyib harakat qilishi va asosiysi birinchi jangdagi g‘alaba motivatsiyasi bilan ringga chikadi.
Janga kelsak 60/40 Joshua g‘alaba kozonadi ...
Jasurbek Saidmusaev – Toshkent shahri, TDYU talabasi
Mazkur jangda Entoni Joshua g‘alaba qozonadi. U uzog‘i bilan etti yoki sakkizinchi raundlarda nokautga uchratadi.
Adhamjon Akramov – Farg‘ona viloyati Quva tumani, 12- maktab o‘qituvchisi.
Joshua bu jangda xato qilmasa kerak. Avvalgi jangdagi mag‘lubiyat Entonini yanada kuchliroq qilgan deb o‘ylayman. Bu qarma-qarshilik uzoq davom etmaydi. Britaniyalik charmqo‘lqop ustasi Ruisni uzog‘i bilan 7-8 raundda nokaut qiladi.
Fikrlar