Entoni Joshua hamda Tayson Fyuri jangi qachon va qaerda o‘tkazilishi ma’lum

  • 30.04.2021 13:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) va IBF, WBO, WBA va IBO chempioni Entoni Joshua (24-1-0, 22 KO) o‘rtasidagi jang avgust oyining boshida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Tecno

Saudiya Arabistoni jangni tashkil etish huquqi uchun 150 million dollar ajratadi. Kelishuv hafta oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ikki britaniyalik og‘ir vazn toifasidagi bokschilarning o‘zaro to‘qnashuviga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Joshua so‘ngi jangini 2020 yil 12 dekabrda bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi o‘tkazib, nokaut bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Lo‘lilar qiroli” nomi bilan mashhur Fyuri oxirgi marta 2020 yil 22 fevralda Deontey Uylderni texnik nokautga uchratgandi.

Manba:Sports.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!