
Entoni Joshua va Kubrat Pulevning qoldirilgan jang sanasi ma’lum qilindi
WBA super, IBF va WBO yo‘nalishlarining og‘ir vazn toifasidagi chempion Entoni Joshuaning (23-1, 21 KO) IBF kamari uchun majburiy da’vogar bolgariyalik Kubrat Pulev (28-1, 14 KO) bilan jangi 20 iyundan 25 iyulga qoldirildi.
Bu haqda "RingPolska" ma’lum qilmoqda.
Manbaning xabar berishicha, "Matchroom Boxing" allaqachon Londondagi Tottenxem stadionini ushbu sanaga band qilgan.
Fikrlar