
Entoni Joshuaning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super og‘ir vazn toifasida faoliyat yuritadigan britaniyalik Entoni Joshuaning bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
Ularning o‘zaro qarama-qarshiligi 12 dekabr kuni London shahrida joylashgan O2 arenasida bo‘lib o‘tadi. Joshua (23-1, 21 KO) so‘nggi jangini 2019 yil 12 iyulda meksikalik Endi Ruisga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Pulev (28-1, 14 KO) ham avvalgi yili Raydell Bukerni mag‘lub etgan edi.
Joshua WBA, IBF, WBO hamda IBO chempionlik kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur to‘qnashuv esa himoya jangi hisoblanadi.
Fikrlar