
Entoni Joshuaning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
Professional boksning og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, britaniyalik Entoni Joshua (24-3, 22KO) navbatdagi jangini 1 aprel kuni Londondagi O2 arenasida o‘tkazadi. Matchroom kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan kelachada Joshuaga amerikalik Jermeyn Franklin (21-1, 14KO) raqiblik qilishi kutilmoqda.
Joshua 2022 yilda Oleksandr Usikdan ketma-ket 2 marta mag‘lubiyatga uchragan edi. Franklin esa Dillian Uaytga ochkolar hisobida yutqazgan. Ammo ko‘pchilik bu jang natijasidan norozi bo‘lgandi.
Fikrlar