
Erik ten Xag Sanchoga yana bir zarba berdi
“Manchester Yunayted”dagi ziddiyatli vaziyat hali barham topgan yo‘q, Bosh murabbiy Erik ten Xag o‘ziga qarshi bosh ko‘targan Jeydon Sanchoga yana bir chora qo‘lladi.
Boshida 23 yoshli hujumkor futbolchi asosiy tarkibdan va umumiy guruh mashg‘ulotlaridan chetlatilgan edi. Keyin uning jamoa bilan bir joy ovqatlanishi ta’qiqlandi.
Endi klub mutasaddilari Sanchoni jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi chatdan chiqarib yubordi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
“Manchester Yunayted” yanvarda futbolchini boshqa klublarga ijaraga berib yubormoqchi. Jeydon Sancho bosh murabbiydan uzr so‘rashga ko‘nmagani sababli, jamoadan ketishi kutilyapti.
Fikrlar