
Eriksen APLdagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi va ...
“Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen kecha “Kristal Pelas”ga (2:0) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga 1ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Shu kuni APLda o‘zining 200-yubiley o‘yinini o‘tkazgan 27 yoshli daniyalik o‘z hisobidagi assistlar sonini ham 59 taga etkazib oldi. E’tiborlisi, u shu tariqa APLda dastlabki 200ta o‘yinda eng ko‘p golli uzatma amalga oshirish bo‘yicha “Manchester Siti” xavbeki David Silva tomonidan o‘rnatilgan natijasini takrorladi.
Ta’kidlash kerakki, bu borada Eriksen faqatgina Sesk Fabregas (66), Devid Bekxem (62), Terri Anri (61) va Dennis Bergkamp (60) kabi futbolchilardan ortda qoldi xolos.
Fikrlar