Eriksen "Inter"ga o‘tish uchun boshqa bir grand klubning taklifini rad etgan

  • 14 may, 2020, 13:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar davrida "Tottenxem"dan "Inter"ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Kristian Eriksen unga "Bavariya" ham jiddiy xaridor bo‘lganini aytdi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, daniyalik futbolchi “neradzurrilar” bosh murabbiyi Antonio Konte bilan shaxsan gaplashgach, “Inter” variantini tanlagan. Boisi, Italiyalik mutaxassis 28 yoshli daniyalik futbolchi bilan bo‘lgan telefon muloqotida uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanini aytgan va uni Milanga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan.

Natijada, “Inter” Eriksenni 20 mln evro evaziga “Tottenxem”dan sotib oldi va u bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. U o‘tgan davr mobaynida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!