Eriksenga Italiya chempionatida o‘ynashga ruxsat bermasliklari mumkin

  • 18 iyun, 2021, 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daniyalik futbolchi Kristian Eriksen yaqinda Finlyandiyaga qarshi o‘yinda yurak xurujiga uchradi. Shifokorlar jarrohlik amaliyoti orqali yarim himoyachiga yurak defibrilatorini o‘rnatishdi, ammo Eriksen endi "Inter"da o‘ynamasligi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Italiyada bunday qurilma bilan o‘ynash taqiqlangan.

Ta’kidlanishicha, Italiyada Eriksenga implantatsiya qilingan defibrilator bilan o‘ynashga faqat shifokorlar bu muammo vaqtinchalik ekanligini va kelajakda moslama olib tashlanganini isbotlab berishgan taqdirdagina ruxsat berilishi mumkin.

Shuni aytib o‘tish joizki, Evropaning boshqa mamlakatlarda ham xuddi shunday defibrilator bilan o‘ynayotgan futbolchilarga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Masalan, Angliya va Niderlandiyada. Bunga Deyli Blindni yaqqol misol bo‘la oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!