
Eriksenning "Real"ga o‘tishi bir yilga kechikishi mumkin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenning "Real"ga ko‘chib o‘tishi bir yilga kechikishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli daniyalik futbolchi uchun talab qilinayotgan 150 mln evro mablag‘ to‘lamoqchi emas va shu bois uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish uchun yana bir yil kutishga tayyor. Boisi, Eriksenning “shporlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 52ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar