Eriksenning transferi amalga oshmasligi mumkin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen "Inter" klubiga o‘tishi mumkin.
Italiyaliklar 27 yoshli xavbek bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan edi, biroq "shporlar"ning moliyaviy talabi qondirilmayotganligi sabab bu transfer amalga oshmasligi mumkin.
The Independent ma’lumotiga ko‘ra, "Inter" futbolchi uchun 25 million funt to‘lashga tayyor emas, shu sabab Eriksen "Tottenxem"da mavsum oxirigacha qolishi ham mumkin.
Mavsum so‘nggida futbolchini tekinga qo‘lga kiritish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, italiyaliklar transfer uchun bunday summa to‘lamoqchi emas.
Joriy mavsumda daniyalik "Tottenxem" safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 3 gollik uzatma muallifiga aylangan.



Fikrlar