
Ernesto Valverde: "Hakam bizni goldan mahrum qilishga harakat qildi"
La Liganing 25-turidan o‘rin olgan "Atletik" - "Barselona" o‘yini 0:1 hisobida tugadi. Ushbu to‘qnashuvda bahsli holatlar ko‘p bo‘ldi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Inyaki Ulyams Ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo VAR tekshiruvidan keyin ma’lum bo‘ldiki, biroz oldin to‘p Munyainning qo‘liga tekkan. Hakam golni bekr qildi va "Barsa" g‘alaba qozondi.
O‘yindan keyin "basklar" bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu qo‘l bilan o‘yin emas. To‘p elkaga tegdi. O‘sha vaziyatda hech kim buni payqamadi. Ammo referi bizni goldan mahrum qilish uchun harakat qildi. Monitor oldiga xato uchun chaqiriladi. Qo‘l bilan o‘yin uchun emas", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar