
Eron chempionati. "Istiqlol" o‘z maydonida "Zob Ahan"ni mag‘lub etdi. Aziz Amonov ...
Eron chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" va "Zob Ahan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Yaqindagina tehronliklar safiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Aziz Amonov ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi. Bu legionerimiz uchun Eron chempionatidagi ilk o‘yin bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan keyin peshqadam "Istiqlol" ochkolar sonini 41taga etkazib oldi.
Fikrlar