
Eron chempionati. "Persepolis" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. "Fulad" esa nursiz durangga imzo chekdi
Eron chempionatida ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda "Persepolis" "Traktor", "Fulad" esa "Rafsanjon" bilan durang o‘ynadi.
"Traktor" - "Persepolis" o‘yinida dastlab mezbonlar hisobni ochgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda El Amlud imkoniyatlarni tenglashtirib ketdi. O‘runov esa asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakatlandi.
"Fulad" - "Rafsanjon" bahsida hisob ochilmadi. Yusupov boshlang‘ich tarkibga kiritilib, 90 daqiqa harakatlandi.
Fikrlar