Eron nashri "Persepolis"ning omadsizligida O‘zbekiston terma jamoasini aybladi

  • 5 noyabr, 2024, 11:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Elit chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan "Persepolis" - "Al-Garafa" bahsi yakuniga etdi.

Tecno

Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Gollarga maydon egalaridan Faraji, mehionlardan esa Ganehi mualliflik qildi. Oston O‘runov maydonda 70 daqiqa harakat qildi. Legionerimiz terma jamoadagi jarohatdan so‘ng qaytdi va ushbu o‘yinda etarlicha o‘zini ko‘rsata olmadi. Fors manbalarida quyidagi maxzmundagi xabarlar tarqaldi:

"O‘runovning etarlicha tayyorgarlik ko‘rmagani "Persepolis"ning kechagi o‘yiniga salbiy ta’sir qildi. Jamoa Elit Ligada bu safar ham g‘alaba qozona olmadi. Hozir "qizillar"da 2 ochko bor jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati avvalgidan ham kamayib ketdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi lageriga jarohat olib borgan vinger bu masalaga etibor bermay, jamoaning yuqori bosimdagi mashg‘ulotlarida qatnashdi va bu jarohatini yanada og‘irlashtirdi. Shu boisdan aytish mumkinki, O‘zbekiston terma jamoasi "Persepolis"ning so‘nggi muvaffaqiyatsizliklariga sababchi bo‘ldi.

Hech kimga sir emaski, O‘runov "Persepolis"ning oldingi chizig‘ida asosiy futbolchilaridan va uning yo‘qligi Elitdagi "As-Sadd" hamda chempionatda "Istiqlol Xuzestan"ga mag‘lub bo‘lishiga sabab bo‘ldi. U "Al-Garafa"ga qarshi o‘yinda yo‘qolib qoldi", - deyiladi "footballi.net news" nashri xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov Eronga qarshi o‘yinda jarohat olgandi va BAAga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
06/11/2024 12:27
УСИРОК КУТГА АРПА УНИ БАХОНА.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
05/11/2024 16:48
Eron terma jamoasini mag‘lub eta olmaganimizga aynan manashu kulb aybdor Ostonni Jarohat olishiga sababchibkulb
&
Адхамжон Низомов
05/11/2024 14:02
Нима деб суксам экан бу форсларни.