
Eron o‘rniga mundialga Italiya boradi?! FIFA vakili bunga "konkret" javob berdi
FIFA ijroqo‘m a’zosi Evelina Kristillin Eronning JCh-2022dan chetlatilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Biz Eronni jahon chempionatidan chetlashtirish masalasini hech qachon muhokama qilmaganmiz. Bu fikrni boshimizdan chiqaraylik. Agar shunday bo‘lganida, Osiyodan boshqa jamoa turnirga kirgan bo‘lardi. Italiyaning ishtirok etishi allaqachon imkonsiz. Ularning Jahon chempionatida o‘ynashi mumkinligi - utopiya", - dedi Cristillin Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Eron inson huquqlarini buzgani uchun mundialdan chetlatilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Fikrlar