Eron terma jamoasi sardori RPL klubiga o‘tmoqda
Eron terma jamoasi sardori Alireza Jahonbahsh faoliyatini Rossiya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Varzesh3" xabab bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 31 yoshli hujumchining xizmatlariga Moskvaning "Dinamo" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari rus OAVlari ham poytaxt klubi Alireza variantini ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Jahonbaxsh o‘tgan mavsum yakunida "Feyenoord"ni erkin agent sifatida tark etgan edi. U bungacha "Brayton", "Alkmar Zanstrek" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar