Eron ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekistonga mundial eshiklarini ochishi mumkin

  • 20 noyabr, 2023, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Zamonaviy futbolda nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatning ham tutgan o‘rni ulkan. Ayniqsa, katta o‘yinlar chog‘ida bu omil birinchi planga chiqib ketib qolishi hech kimga sir emas. 16 noyabr sanasida Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Turkmanistonga qarshi bahsda yigitlar xarakter evaziga murakkab ahvoldan chiqib ketganini ko‘rdik.

Tecno

gutuh

Hisobda ortda qolayotgan o‘yinlarda ruhan sinib qolmay, vaziyatni g‘alaba bilan yakunlagan o‘yinlarimiz soni (Katanets davrida) 3 taga etdi. Bu terma jamoamiz boshqaruvidagi murabbiylar orasidagi eng yaxshi natijalardan biri. Sloveniyalik mutaxassis aynan ruhiy holat va tartibli himoya evaziga stabil o‘yin namoyish etishga qodir terma jamoa shakllantirishga urinmoqda. Bu resurs bilan ehtiyotkor futbol o‘ynash eng optimal qaror ekanligi kundek ravshan.

Srechko Katanets terma jamoa rolida 2 yildan ortiq ish olib bormoqda. Bir nechta yig‘in va o‘nlab o‘rtoqlik o‘yinlaridan so‘ng mutaxassis terma jamoaning asosini to‘liq shakllantirib bo‘ldi. Tarkibdan tashqari, o‘yin sxemasi va strategiyasini ijrochilarga to‘liq etkazib berilishi uchun etarlicha vaqt taqdim qilindi. 

923shu2

Ruhiy holatimiz yaxshilanayotgani fonida Eron bilan to‘qnashuv nafaqat 3 ochko, balki so‘nggi yillarda boy berilgan o‘z kuchiga ishonchni ham qaytarib berishi lozim. Toshkentda o‘tadigan bahsdagi g‘alaba terma a’zolarining butun tsikl davomida ruhan o‘zini ancha dadil his qilish imkonini beradi. Terma jamoamiz birorta JCh saralash bosqichini stabil o‘tkazmagan. Ba’zan performanslar ko‘rsatgan bo‘lsak, ortidan autsayderlarga imkoniyatni boy berganmiz. Aynan o‘sha balansning yo‘qligi sababli har safar etdim deganda, yiqilib keldik. 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan mundial ishtirokchisi bo‘lishni istasak, zaif nuqtalarimizni kuchli tomonimizga aylantirishimiz shart.

To‘g‘ri, o‘zaro o‘yinlardagi ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng Eron ko‘plab ishqibozlar ko‘z o‘ngida biz uchun o‘tib bo‘lmas to‘siqqa aylanib qolgandek taassurot qoldirmoqda. Statistikaga e’tibor qaratsak, aslida ham shunday ekanligini ko‘rish mumkin. Xuddi Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya singari forslar ham qit’a grandi obrazida ishqibozlarimizni bir necha marta ranjitgan. Eng achinarlisi, Eron biz bilan bahsda o‘rtacha o‘yin ko‘rsatib ham ortga g‘alaba bilan qaytib ketishni uddalab kelmoqda. Sababi oddiy. Bizga etishmagan ruhiy holat va stabillik  ularning asosiy quroli sanaladi.

aщ203aщ23

Shunga qaramay, futbol bir joyda turmaydi. U rivojlanmoqda. Yuqorida bejizga Eron bilan bahsda g‘alaba qozonishimiz shart ekanligi haqida ta’kidlamadim. Forslar bilan to‘qnashuvdan "omon" chiqsak, bu ruhiy impuls bizga keyingi bosqichlarda ham grandlarga qarshi maydonda o‘zimizni dadilroq tutishimiz uchun zamin yaratadi. 800 kundan ortiq vaqt davomida Katanets aynan mana shunday katta o‘yinlar uchun jamoani tayyorladi. Ruhan ancha chidamli bo‘lib borayotganimizni barcha sezmoqda. Bu faktor yakunda JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz uchun asosiy omil vazifasini bajarib berishi mumkin.

Forslarga qarshi guruh peshqadamligi, FIFA reytingi uchun beriladigan ballar bilan birgalikda, yigitlarning grandlar qatorida ekanligini his qilishi uchun ham g‘alaba qozonishimiz shart. Umid qilamanki, futbolining bir necha 10 yillik orzusini amalga oshirish uchun katta yo‘l yoqasida turgan "oq bo‘rilar"ni ishqibozlar 21 noyabr kuni O‘zbekistonda yolg‘izlatib qo‘ymaydi!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
салахидин
20/11/2023 19:28
Эрон Туркменистан эмас
&
Бахриддин М.З.
20/11/2023 20:03
Шома майдонга тушмаса ютамиз, акс холода ...
&
Muratbay
20/11/2023 19:09
Таникли шархлаучимиз Акбор Имомхожаев уйин кандай якунланаркин хужум кандай якунланаркин деп умит ва ножат билан шархлардилар
&
Muratbay
20/11/2023 18:59
Натижани уйиндан алдин хал килмаслик керак бундай халда 90-95%ютказганмиз ишкибозлар хам миярида коллап кууатлаш керак куллас пададан алдин чанг чикармаслик керак натижа яратганнан натижа билан ишимиз булмаслиги керак
Абдухаликов Мухаммад
20/11/2023 10:47
Эрон устидан козонилган галаба эмас козониладиган галаба деб ёзинглар
&
Боратов Даврон 1986 Кудаш
20/11/2023 10:28
Эрганги уйинда асосан карши хужум ва майда пастларга этибор берган яхши узок пастларда эронга ютказамиз. Асосан Азмунни карши хужумга чикариб юбормаслик керак
&
Адхамжон Низомов
20/11/2023 17:39
Элдор-Азмун дуэл. 1-0.