
Errol Spens vazn ko‘tarmoqchi. Uning kamariga esa hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov da’vogar
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) WBC va IBF yo‘nalishi chempioni bo‘lib turgan Errol Spens (27-0, 21KO) vazn ko‘tarish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Katta ehtimol bilan bu vaznda yana 2 ta jangim qoldi. Men Top Rank kompaniyasi bilan Terens Kroufordga qarshi jang uchun imkoniyatlar haqida qat’iy gaplashib olishim kerak. Agar natija bo‘lmasa, super yarim o‘rta vaznga (-69,8 kg) o‘taman. Pakyao bilan bahsdan so‘ng Terens Kroufordga qarshi jang bo‘lishiga umid qilib qolaman", - dedi Spens.
Eslatib o‘tamiz, Errol Spens o‘zining navbatdagi jangini 21 avgust kuni Menni Pakyaoga qarshi o‘tkazadi. Unga tegishli bo‘lgan IBF jahon chempionlik kamariga esa Qudratillo Abduqahhorov majburiy da’vogar. Agar Spens vazn ko‘tarib kamarlarni vakant qilsa, hamyurtimizda ushbu kamarga jang qilish imkoniyati yanada oshadi.
Fikrlar