Errol Spens yoki Terens Krouford, titanlar bahsida kim g‘olib bo‘ladi?

  • 24 iyul, 2023, 13:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

29 iyul kuni AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida joylashgan “T-Mobile” arenasida yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) uzoq kutilgan WBC, WBA, IBF chempioni Errol Spens (28-0, 22KO) va WBO kamari egasi Terens Krouford (39-0, 30KO) o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘qnashuv oldidan tashkil etilgan bir necha matbuot anjumanlarida har ikki bokschi ham bu jangni ancha vaqtdan buyon kutishini hamda bunda g‘alaba kim tomonda bo‘lsa, o‘sha eng kuchli bokschi ekanligiga hech qanday shubha qoldirmasligini bildirib o‘tdi.

Tecno

1 

Terens Krouford - o‘z professional faoliyatini engil vazn toifasida (61,2 kg) boshlab, WBO jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Oradan bir necha yil o‘tib, super engil vazn toifasiga (63.5 kg) ko‘tarilgan. Aytishimiz joizki, aynan shu vaznda Krouford dunyoga tanilib mashhur bo‘lgan. U diviziondagi barcha WBC, WBO, IBF, WBA Super, The Ring Magazine kamarlarini osonlikcha qo‘lga kiritib yana bir pog‘ona yuqoriladi. Uni yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) ham chempionlik jangi uzoq kuttirmadi. Menni Pakyaoni o‘z uyida mag‘lub etgan Jeff Hornga qarshi jang qilib osonlikcha uni mag‘lub etdi va WBO chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

2

Ko‘pchilik “xeyter”lar Kroufordni yarim o‘rta vaznda nomdor bokschilar bilan jang qilmaganlikda ayblashadi. Biroq, uning “short-list”iga qaraydigan bo‘lsak haqiqatda uning ushbu vazndagi eng nomdor raqibi bu - Shon Porterdir. Boshqa nomdor bokschilar Amir Xon, Kel Brur bilan ularning yulduzli onlari so‘ngan paytda to‘qnash kelgan edi.

Errol Spens – 2017 yilda Angliyaga tashrif buyurib, o‘sha vaqtdagi IBF chempioni hisoblangan Kel Brukka qarshi jang o‘tkazib, muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Undan keyin ketma-ket yarim o‘rta vazn top jangchilari - Shon Porter, Danni Garsiya, Yordenis Ugas kabi bokschilarni mag‘lub etdi. Yuqoridagi uch jangda faqatgina Porter bilan bo‘lgan natija haqiqatda biroz e’tirozga sabab bo‘lgan. O‘shanda ko‘pchilik Porterni ustunligini ko‘rishgan.

3

Ekspert va muxlislarning Errol Spens yarim o‘rta vaznda ko‘proq munosib raqiblar bilan jang qilganini ta’kidlashadi. Biroq bu fikrlar nisbiydir. Sababi 66.6 kg hamda 69.9 kgdagi elitadagi bokschilarning ko‘pchiligi Spensning promouteri El Heymon mijozi hisoblanishadi. Bunda esa tabiiyki kuchli janglarni tashkil etish osonlashtiradi.

Spens-Krouford jangidan oldingi matbuot anjumanida Errol Spensning murabbiyi Derrik Jeyms bu bahs boshqa janglarda bo‘lgani kabi Errol bosim qilib harakat qilishini ta’kidladi

Kroufordning murabbiyi Brayan Majintayr u jangga 100 foiz tayyorligini, Errol jang kuni o‘zining eng yaxshi holatini ko‘rsatishiga umid bildirdi.

4

29 iyul kunga ushbu jang natijasi yarim o‘rta vaznda 4 ta yo‘nalish kamarlari, The Ring Magazine kamari hamda katta ehtimol bilan P4P reytingida kimning o‘rni yuqoriroq ekaniga oydinlik kiritadi. O‘tkazib yubormang!

Jasurbek Saidmusaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!