Ertaga "Metallurg" siyohrang, "Lokomotiv" esa oq libosda o‘ynaydi

  • 25.05.2018 12:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga Pepsi Superligasining 13-tur uchrashuvlari doirasida Bekobodda "Metallurg" va "Lokomotiv" o‘zaro kuch sinashadi. 

Tecno

“Temiryo‘lchilar” matbuot xizmatining xabar berishicha bugun mazkur o‘yin oldidan har ikkala jamoa rasmiy vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda o‘yinning tashkiliy masalalari muhokama etildi. Qolaversa, jamoalarning uchrashuvni qanday libosda o‘tkazishlariga oydinlik kiritildi. 

Unga ko‘ra, "Lokomotiv" ertaga oq rangli libosda maydonga chiqadi. "Metallurg" futbolchilari esa siyohrang formada o‘ynashadi.

Eslatib o‘tamiz, "Metallurg" – "Lokomotiv" uchrashuvi ertaga soat 19:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!