"Espanol" Ispaniya chempionatida 1000 ta o‘yinda g‘alaba qozongan 7-jamoa bo‘ldi!

  • 6 oktabr, 2024, 12:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Espanol” Ispaniya La Ligasining 9-turida o‘z maydonida “Malorka”ni qabul qildi va yakunda 2:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, bu Kataloniya klubi uchun oddiy g‘alaba emas, balki yubiley bo‘lib, bu “Espanol”ning Ispaniya chempionatida qo‘lga kiritgan 1000 g‘alabasi bo‘ldi.

Shu tariqa "Espanol" Ispaniya chempionatida 1000ta va undan ortiq g‘alabaga erishgan ettinchi jamoa bo‘ldi. Bungacha ushbu ro‘yxatda "Real" (1825 g‘alaba), "Barselona" (1766), "Atletiko" (1402), "Atletik" (1307), "Valensiya" (1284) va "Selta" (1110) klublari joy olgan edi.

Keyingi turda “Espanol” yuqoridagi ro‘yxat vakillaridan biri – “Atletik”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!