
ESPN asrimizning eng kuchli 10 ta jangchisini e’lon qildi
Nufuzli ESPN sport sayti o‘z talqiniga ko‘ra XXI asrning eng yaxshi 10 nafar aralash yakkakurashlar jangchilarini e’lon qildi:
1. Jon Jons (27-1-0-1).
2. Jorj Sen-Per (26-2)
3. Anderson Silva (34-11-0-1)
4. Demetrius Jonson (33-4-1)
5. Xabib Nurmagomedov (29-0)
6. Fyodor Emelyanenko (40-7-0-1)
7. Rendi Kutyur (19-11)
8. Chak Liddell (21-9)
9. Bi-Jey Penn (16-14-2)
10. Kamaru Usman (20-4)
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Jon Jons mashg‘ulotlarda sparring paytida jiddiy jarohat olgandi. Qayd etilishicha, tiklanish sakkiz oygacha davom etishi mumkin. Mashhur sportchi professional darajada 29 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 27 tasida g‘alaba qozongan (10 tasi nokaut bilan), bitta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va bitta jang haqiqiy emas deb topilgan. O‘tgan yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangda Jon frantsiyalik Kiril Xanni mag‘lub etgandi.
Fikrlar