
ESPN: Dunyoning eng yaxshi bokschisi - Lomachenko
WBA engil vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Vasiliy Lomachenko (11-1, 9 KO) ESPN telekanalining talqiniga ko‘ra, vazn toifasidan qat’iy nazar eng yaxshi bokschilar ro‘yxatida etakchi deb e’lon qilindi.
Eslatib o‘tish joizki, Lomachenko 12 may kuni Nyu-Yorkda venesuellalik Xorxe Linaresni mag‘lub etdi.
Ikkinchi o‘rinni WBC, WBA, Super hamda IBF o‘rta vazn toifasida chempion Gennadiy Golovkin egalab turipti.
Amerikalik Terens Krouford (32-0, 23 KO) ushbu reytingda uchlikni yakunlab berdi.
Fikrlar