"Everton" "Arsenal"ni mag‘lub etib, turnir jadvalida vaqtincha ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi

  • 20 dekabr, 2020, 00:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionati 14-turida "Everton" "Arsenal"ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. O‘yining 22-daqiqasida Rob Xolding o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 33-daqiqada Tom Devis jarima maydoni ichida raqibini yiqitdi, hakam uning "Everton" darvozasi tomon penalti belgiladi. Nikolya Pepe 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Hakam tomonidan birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqada Gilfi Sigurdssonning burchakdan uzatgan pasini Yerri Mina boshi bilan darvozaning yaqin burchagiga to‘g‘rilab qo‘ydi.

Ikkinchi taymda "Arsenal" hujumlar sonini ko‘paytirdi, biroq so‘nggi zarbani yo‘llashga himoyachilar imkon berishmadi.

Ushbu bahsdan so‘ng "Everton" 14 turda 26 ochko to‘plab vaqtincha ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi, "Arsenal" esa 14 o‘yinda 14 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!