
"Everton" "Barselona" hujumchisi uchun 35 mln evro to‘lashga tayyor
"Everton" klubi hamon "Barselona" vingeri Malkomni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra liverpulliklar 22 yoshli braziliyalik futbolchini joriy yozgi transferlar chog‘idayoq sotib olishmoqchi va buning uchun kataloniyaliklarga 35 mln evro to‘lashga tayyor. Ta’kidlash kerakki, Malkomni shaxsan “irischilar” bosh murabbiyi Marku Silva o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Malkomga shuningdek "Arsenal", "Tottenxem", PSJ va "Sent-Eten" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Malkomni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam 41 mln evro evaziga “Bordo”dan sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va 4ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar