
"Everton" o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
APL 8-turidan o‘rin olgan "Everton" - "Vest Xem" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari raqibga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning 74-daqiqasida Ogbonnaning urgan goli yagonaligini saqlab qoldi.
Mazkur natijadan so‘ng "Vest Xem" ochkolari sonini 14 taga etkazib olib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. Mersisaydliklar hozircha 7-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar