
"Everton" parchalanmoqda. Klub sotuvga qo‘yildi
"Everton"egasi Farxad Moshiri klubni sotuvga qo‘ydi. Bu haqda "Guardian Sport" nashri xabar tarqatmoqda. U 500 million funt sterlinglik takliflarni ko‘rib chiqmoqchi.
Mersisayd jamoasida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Klubning yomon natijalari orqasidan Frenk Lempard ham ishdan olindi. Uning o‘rniga kim kelishi noma’lum. Sababi, raxbariyat bir qarorga kela olmayapti.
Ma’lumot uchun, 67 yoshli eronlik 2016 yildan beri klub egasi hisoblanadi. So‘ngi paytlar "Everton" muxlislari bir qator namoyishlar o‘tkazib, jamoa raxbariyatidan norozi bo‘lib kelgan.
Fikrlar