“Everton” sardori jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi
Angliyaning “Everton” jamoasi sardori Fil Yagelka klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Klub rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi “irislar” bilan 2029 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Yagelkaning jamoa bilan oldingi shartnomasi esa kelgusi yili nihoyasiga etar edi. Qayd etish joiz, u 10 yildan buyon “Everton” safida to‘p surib keladi.
Yakuniga etgan mavsumda Yagelka APLda 27 bahsda maydonga tushdi va 3 ta gol kiritib, 2 golga assistentlik qildi.

Fikrlar