
"Everton" "Tottenxem" etakchisi bilan shartnoma imzoladi
Angliyalik yarim himoyachi Dele Alli "Tottenxem"dan "Everton"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Klublar 25 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. U yaqin soatlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shartnoma tuzilgan va bugun rasman e’lon qilinadi.
"Irischilar" "Yunayted"dan Van de Bekni ijaraga olganidan so‘ng yangi bosh murabbiy Frenk Lempard Allining transferini ham so‘radi.
Dele 2015 yildan beri "Tottenxem"da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u London jamoasi safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar