
Evgeniy Popixin: 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlar bugun xarakter namoyish etishdi
Toshkentning "Humo" jamoasi safarda "Lada"ga qarshi bahs olib bordi va bullitlar seriyasida raqibga imkoniyatni boy berdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng "Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Arena muxlislar bilan to‘lib-toshdi va ajoyib atmosfera hosil bo‘ldi. O‘yin ham, raqib ham yaxshi bo‘ldi. 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlar iroda va xarakter namoyish etishdi. Bullitlar seriyasida esa barchasini daraja hal qildi", - dedi rossiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "qanotlilar" 22 uchrashuvda shuncha ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar