Evro-2020 saralash bahslari uchun Italiya terma jamoasining tarkibi e’lon qilindi

  • 5 oktabr, 2019, 00:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evro-2020 saralash uchrashuvlaridan o‘rin olgan Gretsiya va Lixteynshteynga qarshi o‘yinlar uchun Italiya terma jamoasidan chaqiruv olgan futbolchilar nomi e’lon qilindi.

"Roma"ning 20 yoshli futbolchisi Nikolo Dzanoloni ham tarkibda ko‘rishimiz mumkin. "Boka Xuniors" yarim himoyachisi Daniele de Rossi va "Sampdoriya" forvardi Fabio Kualyarellani hisobga olmaganda Roberto Manchini asosan yosh futbolchilarga e’tibor qaratgani ma’lum bo‘ldi.

Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma («Milan»), Perluiji Gollini («Atalanta»), Aleks Meret («Napoli»), Salvatore Sirigu («Torino»).

Himoyachilar: Franchesko Acherbi («Latsio»), Kristiano Biragi, Danilo D’Ambrozio (Ikkisi ham «Inter»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»), Djovanni Di Lorentso («Napoli»), Alessandro Florentsi,

Janluka Manchini, Leonardo Spinatstsola (Barchasi «Roma»), Armando Itstso («Torino»), Alessio Romanoli («Milan»).

Yarim himoyachilar: Nikolo Barella, Stefano Sensi (Ikkisi ham «Inter»), Federiko Bernardeski («Yuventus»), Brian Kristante, Nikolo Dzanolo (Ikkisi ham «Roma»), Jorjino («Chelsi»), Marko Verratti («PSJ»).

Hujumchilar: Andrea Belotti («Torino»), Federiko Keza («Fiorentina»), Stefan El-Shaaravi («Shanxay Shenxua»), Vinchentso Grifo («Frayburg»), Chiro Immobile («Latsio»), Lorentso Insine («Napoli»).
Eslatib o‘tamiz, 12 oktyabr kuni italiyaliklar o‘z uylarida Gretsiyani qabul qilishsa, 15 oktyabr kuni Lixteynshteyn mehmoni bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!