
Evro-2020 saralashi. Turkiya amaldagi jahon chempionlari darvozasiga javobsiz 2 ta gol urdi
Xabaringiz bor shu kunlarda ko‘hna qit’ada Evro-2020 saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, kecha Turkiya o‘z maydonida Frantsiyani qabul qildi hamda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Turkiya – Frantsiya 2:0 (2:0, 0:0)
8 iyun, 23.45, «Konya Byuyukshexir Stadi»
Gollar: 1:0 – 30 Ayxan, 2:0 – 40 Under.
Turkiya – Gyunok, Demiral, Kaldyrym, Chelik, Ayxan, Under (Yazydji, 85), Tokez (Omyur, 90), Tekdemir, Kaxvedji (Tufan, 80), Karaman, Yylmaz.
Frantsiya – Loris, Din (Mendi, 46), Umtiti, Varan, Pavar, Pogba, Matyuidi (Koman, 46), Sissoko, Jiru (Ben-Yedder, 72), Grizmann, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Tekdemir (39), Demiral (45), Umtiti (45), Koman (86).
Fikrlar