“Evro-2024”: Qaysi murabbiy qancha maosh olmoqda?

  • 12 iyul, 2024, 20:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Finance Football nashri Evropa chempionatida ishtirok etayotgan bosh murabbiylar orasida eng katta maosh olayotganlar ro‘yxatini shakllantirli.

Tecno

Unga ko‘ra, mehnati eng ko‘p qadrlanayotgan bosh murabbiy Garet Sautgeyt bo‘lib chiqdi. Angliya terma jamoasining ustozi keyingi paytda juda ko‘p tanqid ostiga olinmoqda. Biroq bu uning katta maoshiga to‘sqinlik qilayotgani yo‘q. Angliya futbol uyushmasi tajribali mutaxassisga har mavsum uchun 5,8 million evro to‘layapti.

Finance Football nashriga ko‘ra, eng ko‘p maosh olayotgan murabbiylar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi.

Garet Sautgeyt (Angliya) — € 5,8 mln.

Yulian Nagelsman (Germaniya) — € 4,8 mln.

Roberto Martines (Portugaliya) — € 4 mln.

Dide Desham (Frantsiya) — € 3,8 mln.

Ronald Kuman (Niderlandiya) — € 3 mln.

Luchano Spalletti (Italiya) — € 3 mln.

Vinchentso Montella (Turkiya) — € 1,5 mln.

Murat Yakin (Shveytsariya) — € 1,4 mln.

Ralf Rangnik (Avstriya) — € 1,3 mln.

Domeniko Tedesko (Belgiya) — € 1,3 mln.

Qizig‘i shundaki, Evropa chempionatida juda ishonchli va chiroyli o‘yin ko‘rsatib, finalga chiqqan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis De la Fuente eng katta maosh oladiganlar o‘nligiga kirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!