
“Evro-2024”: Narxi “dahshatli” tarzda oshgan futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi
Transfermarkt portali Germaniya mezbonligidagi Evropa chempionatida ishtirok etadigan futbolchi orasida 2023-2024 yilgi mavsumda transfer summasi eeng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bir yil muqaddam 25 ming evroga baholangan Lamin Yamal eng katta o‘sishga erishgan futbolchi bo‘ldi. Ayni paytda 16 yoshli vunderkindning transfer summasi 90 million evroga etgan.
To‘liq ro‘yxat bilan tanishing:
1. Lamin Yamal («Barselona», + € 90 mln) — € 90 mln.
2. Koul Palmer («Chelsi», + € 65 mln) — € 80 mln.
3. Jud Bellingem («Real», + € 60 mln) — € 180 mln.
4. Viktor Dyokeresh («Sporting Lissabon», + € 52 mln) — € 65 mln.
5. Kobbi Maynu («Manchester Yunayted», + € 49 mln) — € 50 mln.
6. Joau Nevesh («Benfika», + € 45 mln) — € 55 mln.
7. Florian Virts («Bayer», + € 45 mln) — € 130 mln.
8. Savio («Jirona», + € 45 mln) — € 50 mln.
9. Joshua Zirkzee («Bolonya», + € 41 mln) — € 50 mln.
10. Uorren Zair-Emeri (PSJ, + € 40 mln) — € 60 mln.
Fikrlar