
"Evro-2024" saralash bosqichi. Qozog‘iston ertagi o‘z nihoyasiga etdi...
"Evro-2024" saralash bosqichida kutilmagan natijani qayd etgan Qozog‘iston ushbu turnirda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Qo‘shnilarimiz "H" guruhidan o‘rin olib, yakunda 4-o‘rinda qolib ketdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri saralashdan o‘ta olmagan jamoaning pley-off orqali Germaniyaga yo‘l olish imkoniyati bor edi. Ammo bugun Qozog‘iston Gretsiyaga yirik 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Endi gretsiyaliklar "Evro-2024"ga chiqish uchun kurashni davom ettiradi va keyingi bosqichda Gruziya bilan o‘ynaydi.
Fikrlar