Evrodagi muvaffaqiyatsizlik Germaniyaga ancha qimmatga tushadigan bo‘ldi

  • 30 iyun, 2021, 12:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Evropa chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan bahsda Angliyadan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va turnirni tark etdi.

Tecno

"Marca"ning xabar berishicha, "bundestim" yarim himoyachisi Toni Kroos milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi. Bu haqda tez orada rasman e’lon qilinishi kutilyapti.

31 yoshli futbolchi 2010 yildan beri "nemis mashinasi" safida harakat qilib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida u 17 gol va 19 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kroos Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yilgi jahon chempioni, 2010 yilgi mundial bronza medali sohibiga aylangan. Ma’lumot o‘rnida, Angliyadan uchralgan mag‘lubiyat bosh murabbiy Yoaxim Lyovning "bundestim" boshqaruvidagi so‘nggi o‘yini bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!