
Evropa chempioni bo‘lgan futbolchi darrov MYudan taklif oldi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher o‘ng qanot himoyachisi Aaron Van-Bissakaga munosib raqobatchi olib kelishni reja qilmoqda.
Angliyalik mutasaddilari Evropa chempionati davomida Italiya terma jamoasi himoyachisi Jovanni Di Lorentso harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib bordi.
“Napoli”ning 27 yoshli futbolchi 17 million funtga baholanmoqda. Uning neapolliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.
Jovanni Di Lorentso Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionatining ettita uchrashuvidan oltitasida maydonga tushdi va oltin medal sohibi bo‘ldi.
Fikrlar