
Evropa grandlari e’tiboriga tushgan argentinalik to‘purar kim?
"River Pleyt" hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini Italiya yoki Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 21 yoshli argentinalik futbolchi uchun "Milan", "Fiorentina" va "Atletiko" klublari kurash boshlab yuborgan. Uning “River Pleyt” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli 25 million evroni tashkil etadi. Ammo Argentina grandi uni nisbatan pastroq narxga ham sotishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Alvares "River Pleyt" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum Argentina chempionatida 16 ta o‘yinda raqib darvozasini 15 marta ishg‘ol qilishga erishdi. Alvares hozirda chempionat to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar