
Evropa ligasi. Bugun "Roma" ispan klubiga qarshi bahs olib boradi
Bugun Evropa ligasida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan "Roma" o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Rimliklarga 3-turda Ispaniyaning "Real Betis" jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv 00:00 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2 turdan so‘ng "Betis" 6 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. "Roma" hisobida esa 3 ochko bo‘lib, "bo‘rilar" 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar