Evropa ligasi. Bugun "Sevilya" va "Shaxtyor" o‘ynaydi

  • 11 avgust, 2020, 06:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi uchrashuvlari Germaniyaning 4 ta shahrida markazlashgan holda o‘tkazilmoqda. Bugun musobaqaning chorak finalidan o‘rin olgan yana 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Gelzenkirxendagi “Feltins-Arena”da “Shaxtyor” va “Bazel” uchrashuvi bo‘ladi. Duysburgdagi “MSV-Arena”da “Vulverxempton” hamda “Sevilya” juftligi o‘zaro bellashadi.

Yuqoridagi o‘yinlarning ikkalasi ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Kechagi chorak final bellashuvlarida “Inter” va “Manchester Yunayted” yarim final yo‘llanmalarini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!